Agrover
<h3 style=Ko’pincha beriladigan savollar ">

Ko’pincha beriladigan savollar

“Solanuz” kompaniyasi qanday mahsulotlarni ishlab chiqaradi?

“Solanuz” kompaniyasi tez muzlatilgan kartoshka fri va kartoshka parraklarini (yarim-tayyor pyure) mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Biz kartoshka fri mahsulotini turli to’g’ralgan shakllarda, jumladan (kartoshka tilimchalari (10х10, 7х7), to’lqinli kartoshka (10х10, 7х7), kartoshka kublari, doiraviy kartoshka tilimlari va kartoshka tilimlari) hamda yirik va kichik fraksiyadagi kartoshka parraklarini ishlab chiqarish imkoniyatiga egamiz.

Mahsulotingizni tayyorlash uchun qanday kartoshka navi ishlatiladi?

Tarkibida eng kam shakar miqdori bo’lgan va kartoshka fri uchun mukkamal “Fontane” navini olgunimizcha bir necha yil kerak bo’ldi. Kartoshka parraklari uchun “Fontane”, “Panamera”, “Lyusinda”, “Rudolf” kabi navlarni ishlatamiz.

Mahsulotingiz qanchalik tabiiy? Solanuz mahsulotlarida GMO bormi?

Yo’q, Solanuz mahsulotlarida GMO yoki boshqa zararli oziq-ovqat qo’shimchalari yo’q. Bizning mahsulotlarimiz yuqori kartoshka navlari va tabiiy o’simlik yog’laridan tayyorlanadi.

Mahsulotlaringizda ishlatiladigan kartoshka qayerda yetishtiriladi?

Mahsulotlarimiz uchun biz o’zimizning dalalarimizda yetishtirilgan kartoshka ishlatamiz. Ular Toshkent viloyati Zangiota va Bo’stonliq tumanlarida hamda Surxandaryo viloyatining Sariosiyo tumanida joylashgan.

Solanuz kartoshka fri mahsuloti qanday qilib tayyorlanadi?

Yuqori sifatli yangi kartoshka yuvish jarayonidan, so’ngra bug’ orqali tozalash jarayonidan o’tadi. Undan so’ng kartoshka po’stlog’idan artilib, bir xil shakllarda to’g’ranilib, suvda pishiriladi. Pishirilgan kartoshka 100% qayta ishlangan o’simlik yog’ida qovuriladi, yog’sizlantiriladi va tez muzlatish jarayoni orqali muzlatiladi. Shunday qilib, butun tayyorlash jarayonini Siz uchun tayyorlab qo’ydik, Siz esa uni to’liq tayyor, ya’ni, ichidan yumshoq tashqi tomondan qizg’ish holatga keltirsangiz bas.

Solanuz kartoshka parraklari qanday tayyorlanadi?

Kartoshka parraklarini tayyorlashda ham yuqori sifatli yangi kartoshka yuvish jarayonidan o’tadi, undan so’ng esa bug’ orqali tozalash va po’stlog’idan artilish jarayonidan o’tadi. So’ngra kartoshka tilimlarga to’granilib, blanshirovka jarayonidan o’tadi, sovutiladi va bug’lanadi. Undan keyin 130-150 gradus haroratida quritilib, namlikdan quritiladi va katta va kichik fraktsiyalarga to’g’raladi.

Bitta kishiga mo’ljallangan kartoshka fri miqdorida qancha kaloriya bor?

100 g mahsulotda tahminan 280 kaloriya bor, bu katta kishining kungi normasidan 11 % ni tashkil qiladi. 100 g mahsulotdagi oqsillar miqdori – 4,0 g, yog’lar – 15 g va uglevodlar – 30 g ni tashkil etadi.

Uy sharoitida tez muzlatilgan kartoshka fri qanday tayyorlanadi?

Kartoshka frini frityurda ham, tovada ham, duxovkada ham tayyorlasa bo’ladi. Frityurda tayyorlagan taqdirda o’simlik yog’i 180 0 darajagacha qizdiriladi. Muzlatilgan kartoshka fri och-qizg’ish rangga bo’yalganiga qadar 2-3 daqiqa davomida qovuriladi. Tayyorlashdan so’ng mahsulot yog’sizlantiradi. Tuz va boshqa ziravorlar ta’bga asoslanib qo’shiladi.

Tovada tayyorlamoqchi bo’lgan taqdiringizda, bir oz miqdorda yog’ni qizdirishingiz kerak. Muzlatilgan kartoshka fri tovaga bir qatlam qilib joylashtiriladi. Kartoshga och-qizg’ish rangga kirguniga qadar 10-12 daqiqagacha o’rta olovda qovuriladi hamda muntazam ravishda aralashtirilib boriladi. Tuz va boshqa ziravorlar ta’bga asoslanib qo’shiladi.

Duxovkada tayyorlamoqchi bo’lgan taqdiringizda, uni oldindan 200 С darajasigacha qizdiring. Muzlatilgan kartoshka fri bir qavat qilib tunuka tovaga joylashtiriladi. Duxovkada och-qizg’ish rangga kirguniga qadar 15-18 daqiqa mobaynida pishiring. Tuz va boshqa ziravorlar ta’bga asoslanib qo’shiladi.

Kartoshka parraklari qanday tayyorlanadi?

7 vazn qismdan iborat 75 °С haroratdagi issiq suvga kartoshka parraklarining bir qismi (7:1) qo’shiladi, tez aralashtirilib, qopqoq bilan yopiladi va 3-4 daqiqadan so’ng mahsulot tayyor bo’ladi. Ta’bga asoslanib tuz, sut, sariyog’ va boshqa komponentlar qo’shiladi. 

Kartoshka parraklarini umumiy ovqatlanish tizimlarida qanday qo’llasa bo’ladi?

Kartoshka parraklarini nafaqat garnir tariqasida (oddiy kartoshka pyuresi), balki piroglarda, varyeniklarda, somsada, blinchiklarda hamda kotletalarni belashga ham ishlatiladi. Ishlab chiqarish maqsadlarida non, kolbasa va chips ishlab chiqarish kombinatlarida ham foydali bo’lishi mumkin.

Biz bilan bog'laning