Agrover

Toshkentda muzlatilgan kartoshka fri ishlab chiqarilishi boshlandi.

Toshkentda muzlatilgan kartoshka fri ishlab chiqarilishi boshlandi.
NASHR ETILGAN SANA

Toshkentda yuqori sifatli kartoshka va kartoshka parraklarini ishlab chiqaradigan Solanuz zavodi ishga tushirildi.

O'zbekistondagi deyarli har qanday ovqatlanish muassasasining mashhur menyularidan biri kartoshka fri hisoblanadi –  Siz uni qimmatbaho restoranda, qahvaxonada, milliy taomlar muassasalarida va, albatta, har qanday "fast food" taomlari tayyorlanadigan joyda uchratasiz.

Tadqiqotchilarning kartoshka fri O'zbekiston uchun noodatiy taom deb  ta'kidlashlariga qaramasdan, faqat Toshkent aholisini hisobga olgan holda har oyda restoran va kafelarda 500 tonna kartoshka fri iste'mol qilinishi kuzatildi. Bu ta'sirchan bir ko'rsatgichdir.

Kartoshka 130 mamlakatlarida yetishtiriladi, u zamonaviy insonning eng yaxshi 5 oziq-ovqat ratsioniga kiradi. An'anaga ko'ra, uni yetishtiruvchi davlatlar - Rossiya, Xitoy, Polsha, AQSh va Hindistondir. 10 yil avval O'zbekistonda kartoshka bug'doydan keyin takroriy ekin sifatida tomorqada yetishtirilgan edi.

Sanoat miqyosida kartoshka ishlab chiqarish mumkin emas edi, uzoq vaqt davomida ishlab chiqarish va saqlashning butun davrini mexanizatsiyalash tajribasi ham yo'q edi. Biroq, Agrover tomonidan yaratilgan to'liq kartoshkani qayta ishlash va monokulturali Klaster katta istiqbolga ega va bu madaniyatni yangi darajaga olib chiqadi.

Jumladan, mart oyi o'rtalarida Toshkentda Markaziy Osiyoda birinchi kartoshkani qayta ishlash Solanuz zavodining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. U ikki turdagi yarim tayyor mahsulotni ishlab chiqarishga qaratilgan: kartoshka fri va kartoshka parraklarini. Loyiha quvvati - yiliga 20 ming tonna tayyor mahsulot va yaxshi eksport salohiyati: qo'shni mamlakatlarda bunday zavodlar yo'q.

"Shuni ta'kidlash kerakki, biz yetishtirilgan kartoshkaning 80 foizi endi kartoshka fri va kartoshka parraklarini tayyorlashga ketadi - biz butun mahalliy bozorni qoplashga va mahsulotni eksport qilishgayo'naltirishimiz kerak. Zavod soatiga 2, bir sutkada esa 48 tonna kartoshkani qayta ishlaydi. Har oyda bu ming tonnadan oshiq yarim tayyor mahsulot ko'rsatkichidir. Hozirda o’zining kata hajmdagi qadoqlarda chiqqanligi sababli, yarim tayyor mahsulotlar faqat umumiy ovqatlanish muassasalariga yetkazib beriladi, lekin tez orada iste'molchimiz bizning mahsulotlarni kichik paketlarda do'konlarda sotib olish mumkin bo'ladi”, - deb Agrover kompaniyasining ijrochi direktori Farhod Tohirov aytdi.

Hasan-Husan kabi bir-biriga o'xshash tekis oval kartoshkasi saralash jarayonidan so'ng yuviladi va bug' orqali tozalanadi. So'ngra, yarim tayyor holatiga keltirilishidan avval mexanik uslubida to'g'raladi va ikki marotaba blanshirovka jarayonidan o'tadi. Keyin ushbu tilimlar frityur sistemalarida qovurilishga yuboriladi, u yerdan esa ular muz kameralariga joylashtiriladi. Muzlatilgan kartoshka qadoqlanib, sotuvga yuboriladi. Shunday qilib, mahsulot foydalanish uchun deyarli tayyordir.

Kartoshka fri asosiy iste'molchilari – HoReCa vakillari - xalqaro kartoshka kuni doirasida barcha mehmonlarni Go'sht restoranining 'food-trak'ida Solanuz kartoshka frisi bilan mehmon qilishdi.

Kartoshka kuni boy bo'ldi. Faxriy mehmonlar orasida davlat organlari, O'zbekiston agrar sektori, MDH davlatlarining va Yevropaning yirik kompaniyalari (Grimme, Amazone, Tolsma-Grisnich), kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi, fermerlar, jurnalistlar, bloggerlar ishtirok etdi.

Mehmonlar qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uchun zamonaviy qishloq xo'jaligi uskunalari va kooperatsiya birjasining ko'rgazmasiga tashrif buyurishdi, xorijlik mehmonlar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yishdi, kartoshka yetishtirish va saqlashning nozikliklarini muhokama qilishdi. Tadbirning diqqatga sazovor joylari - tadbirning asosiy mahsulotidan turli xil taomlariga ega bo'lgan kartoshka paneli: odatdagidek somsa va kartoshkadan tilimlariga qadar ajoyib pishloq va kartoshka muzqaymoqiga qadar taomlar bilan tashrif buyuruvchilarni mehmon qilishdi.

Iskandar Isayev, O'zbekistondagi KFC vakili shunday dedi:

"Xalqaro kartoshka kunida ko'rgan narsalarimdan juda ijobiy taassurotlarim bor. Bizni ishlab chiqarish ko'lami va sifati, shuningdek, mahsulot ta'mining yuqori ko'rsatkichi hayratda qoldirdi".

Malik Karimov, Anglesey food marketing bo'limi rahbari shunday dedi:

"Men Solanuz tomonidan ishlab chiqarishni tashkil etish ko'lami, asbob-uskunalarning darajasi va tadbirga bo'lgan ilmiy yondashuvdan mamnun bo'ldim. Mahsulotning ta'mi va sifati juda meni xursand qildi. O'zbekistonda kartoshka sanoatini rivojlantirishda kompaniyaga omad tilayman".

Tez orada ajoyib mahsulotni nafaqat Toshkent restoranlarida, balki yaqinlar uchun uy sharoitida ham tayyorlashda sinab ko'rish mumkin. Dunyoning eng yaxshi restoranlarida bo'lgani kabi, ajoyib ta'mga ega bo'lgan sariq-qizg'ish rangdagi tilimlarni yeyish uchun faqatgina besh daqiqa davomida oz miqdorda yog ' qizdirish kerak bo'ladi holos.

Manba: afisha.uz

 

Biz bilan bog'laning