Agrover

Toshkentda ISO 9001:2015 SMTning yetakchi auditorlari uchun trening bo’lib o’tdi

Toshkentda ISO 9001:2015 SMTning yetakchi auditorlari uchun trening bo’lib o’tdi
NASHR ETILGAN SANA

29 OKTYABRDAN 2 NOYABRGACHA O'ZBEKISTON KORXONALARI UCHUN "ISO 9001:2015 BO'YICHA SIFAT MENEJMENTI TIZIMLARINING YETAKCHI AUDITORI" MAVZUSIDA SEMINAR-TRENING O'TKAZILDI.

Seminarda «СOCA-COLA ICHIMLIGI UZBEKISTON, LTD» MCHJ QK, "Agrover" MCHJ, "Ipak yo'li" aksiyadorlik tijorat banki, "Polimaks" MCHJ, "Texnostandart" MCHJ, "Plastmaster" MCHJ vakillari va boshqalar ishtirok etdi.

Seminar davomida ISO 9001:2015 standartining yangi versiyasining afzalliklari aniqlandi. Trening orqali turli kompaniyalar sifati uchun mas'ul bo'lgan jarayonlar rahbarlari strategik menejment asoslari bilan tanishish, xatarlarni aniqlash va baholashni o'rganish, shuningdek, standartning yangi versiyasi bo'yicha audit o'tkazish uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo'ldilar.
Ushbu seminar sertifikatlangan auditorlarning xalqaro reyestrida (IRCA), A17038 ro'yxatga olish raqami bilan ro'yxatga olingan.

Korxonada bunday tayyorgarlikdan o'tgan va xalqaro maqomga ega bo'lgan SGS sertifikatini olgan mutaxassislarning mavjudligi ISO standartlarini joriy etish va kompaniyaning sifat menejmenti tizimini rivojlantirish bo'yicha ish samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.

Biz bilan bog'laning