Agrover

O’zbekistondagi Xalqaro Karkoshka Kuni

O’zbekistondagi Xalqaro Karkoshka Kuni
NASHR ETILGAN SANA

 

2019-yil 19-mart kuni "Agrover" MCHJ Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi hamda Grimme kompaniyasi bilan hamkorlikda O'zbekistonda ilk marotaba bo’lib o’tgan Xalqaro kartoshka kuni – keng ko'lamli tadbirning tashabbuskori bo'ldi.

Ushbu tadbir ikki shaklda o'tkazildi – bir tomondan ko'rgazma tariqasida – tajriba almashish, hamkorlar va potentsial mijozlar bilan muloqot qilish kompaniyalar uchun ajralmas maydonga aylangan kooperatsiya birjasi sifatida, boshqa tomondan esa, Markaziy Osiyoda birinchi bo'lib muzlatilgan kartoshka fri va kartoshka parraklarini ishlab chiqaruvchi zavod ishga tushirilishiga bag'ishlangan tadbir bo'ldi.

Urug'lik kartoshkasini yetishtirish, qishloq xo'jaligi texnikasi, irrigatsiya uskunalari, saqlash tizimlari, sabzavot uchun sovutish uskunalari, shuningdek, sabzavotlarni saralash va qayta ishlash uskunalarini ishlab chiqarish va yetkazib berish bilan shug'ullanadigan 20 dan ortiq kompaniya o'z stendlarini namoyish etdilar. Ular Germaniya, Gollandiya, Polsha, Daniya, Rossiya va MDH mamlakatlari vakillari edi. Bundan tashqari, fermer va qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilarining e'tiborini tortadigan dala uskunalari, saralash va qadoqlash uskunalari namoyish etildi.
Tadbir zavodning tantanali ishga tushirilishi bilan yakinlandi, shundan so'ng barcha ishtirokchilar tez muzlatilgan kartoshka fri va kartoshka parraklarini ishlab chiqaruvchi uskunalarini ko'rishi mumkin bo'lgan maydonga taklif qilindi.

Qo'shimcha ma'lumotni tadbir saytida ko'rishingiz mumkin: https://potatoday.uz

Biz bilan bog'laning